Saytning eski versiyasi !

AKT sohasida ta'limni rivojlantirish bo'yicha so'rovnoma

Vazirlik AKT sohasiga kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikka taklif qiladi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi kuzatilayotgan bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi oldida AKT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida AKTni joriy qilish orqali xizmat va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishning kafolatidir.

Shu munosabat bilan, mazkur masalaga befarq bo‘lmagan barchani oliy ta’lim tizimi, jumladan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek o‘rta maxsus hamda xalq ta’limi tizimlarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan o‘zlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirishga chorlaymiz.

Buning uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizdan AKT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, jumladan ta’lim tizimidagi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni (aniq muammo va yechimlarining ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq) bildirishingizni so‘raydi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy bo‘linmalari bo‘yicha
AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan boshqa ta’lim muassasalarida AKT mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha
O‘rta maxsus ta’lim tizimi (kasb-hunar kollejlari va litseylar)da AKT mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha.
Maktablarda AKT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha.
Takliflaringizni muhokama qilish uchun aloqa ma’lumotlaringizni qoldirishingiz mumkin (bu majburiy emas)
SPAMdan himoya
CAPTCHA
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni