Saytning eski versiyasi !

Axborot xizmati




24

Vazirlik faoliyatining 2016 yil yakunlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yildagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilash.




12

Nashrlar

Скачать
pdf, 6297 КБ

O‘zbekistonda Internet rivojlanishi holati va istiqboli tahlili

Mazkur ilmiy-tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida Internet rivoji, erishilgan natijalar va istiqbollari, muhim omillar, sifat va son xususida mutaxassislar baholari taqdim etilgan. Hisobotda Internetga ulanish imkoniyatining, xizmat turlari va bozorining ijobiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Xususan, unda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari sonining ortib borishi, yangi xizmatlarning joriy qilinishi, milliy axborot resurslarini rivojlantirish, Internetga ulanish narxlarining muntazam kamaytirilishiga doir dalil va ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, hisobot soha mutaxassislari va Internet bozori vakillarini mavjud kamchiliklar bilan tanishtirib, tavsiya va takliflarni taqdim etadi.

« «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi»№5/2009

Axborotnomaning mazkur soni mutaxassislar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan.

Nashrdan sohaning yetakchi mutaxassislarining aloqa va telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning ahamiyati, texnologik yangiliklar va ularning istiqboldagi rivoji to‘g‘risidagi maqolalari o‘rin olgan. Nashr “Axborot texnologiyalari”, “Boshqaruv masalalari”, “AKTning yangi imkoniyatlari”, “Ta’lim”, “Xizmat ko‘rsatish sohasi” kabi 7ta bo‘limdan iborat.

Скачать
pdf, 7328 КБ

2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivolanish ko‘rsatkichlari

Mazkur nashrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan axborotlashtirish, keng e’tibor qaratilayotgan soha yo‘nalishlari, O‘zbekistonda aholi va xo‘jalik sub’ektlari tomonidan AKTda foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili keltirilgan.

Ushbu Ma’lumotnomadan O‘zbekistonda AKT rivoji yo‘nalishlari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, tahlil va muhim chora-tadbirlar, sohaga oid investitsiyalarga doir ma’lumotlarni o‘qish mumkin.

Скачать
pdf, 982 КБ

O‘zbekiston rivojida erkin va ochiq dasturiy ta’minotlardan foydalanish: ma’lumot va tavsiyalar

Mazkur ilmiy-tadqiqotda yurtimizda foydalanilayotgan texnologiyalar, dasturiy ta’minot bozori rivoji, istiqboldagi rivoji, boshqaruvda va jamiyat qurilishida tutgan o‘rni muhokama qilingan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati”ning o`zbek tilidagi nashri davlat xizmatchilari, o'qituvchilar, turli ta'lim muassasalarining talabalari, shuningdek aholi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek shu sohadagi bilimlarni oshirishga yonaltirilgan. Lug'atda 4000dan ortiq zamonaviy atamalar va tushunchalar, shuningdek ko'p qo'llaniladigan qisqartmalar qamrab olingan. Lug’at 450dan ortiq diagrammalar, rasmlar, fotosuratlar va logotiplarni o'zida jamlagan, undagi atamalar grafik jihatdan ancha ko'proq to'ldirilganligi ham lug'atning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Lug'at AKT sohasidagi mutaxassislar, shuningdek aholi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo'yicha bir vaqtning o'zida ham ma'lumotnoma, ham darslik bo'lib xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasida 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi to’g’risida Ma’lumotnoma

Nashrni chiqarishdan ko’zlangan maqsad soha vakillari va o’quvhilarni sohaning muhim yo’nalishlaridagi rivojlanish bilan tanishtirish. BMTning “Raqamli rivojlanish tashabbusi”2 Dasturi asosida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, Nashrdan “Xalqaro axborot resurslariga ulanish imkoniyatlari”, “Ta’limda AKT”, “Jamiyat qurilishida AKTning o’rni”, “Elektron hukumat”, “Elektron tijorat”, “AKT sohasida davlat siyosati” kabi bo’limlar o’rin olgan.

Скачать
pdf, 1074 КБ

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlarining AKT bo’yicha malakalarini oshirish va o’quv kurslari haqida ma’lumotnoma

Mazkur ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi №PQ-1730-sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tayyorlangan.

Ushbu Ma’lumotnomada 2013 yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarining AKT bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, o‘quv rejalari, mavzular bo‘yicha rejalar, o‘quv dasturlari ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.


Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni