Saytning eski versiyasi !

Bosma ommaviy axborot vositalarilarini tarqatishni yanada rivojlantirish yo‘lida belgilangan chora-tadbirlar

02 April 2014 Chop etish

Joriy yilning 2 aprel kuni Toshkent shahri “Aloqa tarixi muzeyi” zalida “Matbuot tarqatuvchi” AK tomonidan Bosma ommaviy axborot vositalarilarini tarqatishni yanada rivojlantirish yo‘lida belgilangan chora-tadbirlar, obuna narxlarini pasaytirish borasida olib borilayotgan ishlar va nashrlarning obunachilarga belgilangan muddatda yetkazib berilishini ta’minlash xususida” mavzusida matbuot anjumani tashkil qilindi. 
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, “Matbuot tarqatuvchi” AK rahbar hamda mas’ul xodimlari, mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot konferensiyasidan ko‘zlangan maqsad kompaniya tomonidan bosma OAVni tarqatish tizimini yanada takomillashtirishi, obuna katalogiga kiritilgan nashrlarning narxini pasaytirish borasida va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashda amalga oshirilgan ishlar va rejalarini keng ommaga yetkazishdir. 
Kompaniya tizimidagi korxonalarda vaqtli matbuot nashrlarini iste’molchiga tez va sifatli yetkazib berish hamda aholiga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishni ta’minlash va tizimni rivojlantirish maqsadida “2011-2014 yillarda vaqtli nashrlarni tarqatish tarmog‘ini zamonaviylashtirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy etish Dasturi” qabul qilinib, rejalashtirilgan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Dastur doirasida tizim korxonalaridagi mavjud «Matbuot» kiosklarining 737 donasi joriy va 218 donasi kapital ta’mirlandi, marketing tadqiqotlariga asosan aholi gavjum joylarga 128 dona yangi kiosklar joylashtirildi hamda poytaxtimiz Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida yangi tipdagi kioskalardan 85 donasi joylashtirildi. 
Vaqtli matbuot nashrlarini mushtariylarga tarqatishda kompaniya 14 ta viloyat pochta aloqasi filiallari, «Xalqaro pochtamt» filiali, barcha tuman pochta bog‘lamasi va aloqa bo‘limlari bilan hamkorlikni amalga oshirmoqda. 
2014 yil obunasini uyushtirishda mushtariylarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida aholi gavjum va tashkilotlar ko‘p joylarda joylashgan 840 ta “Matbuot” kioskalari orqali vaqtli matbuot nashrlarga obuna qabul qilish tashkil qilindi. 
Joriy yilda Kompaniyaning obunani rasmiylashtirish va yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha tariflari sezilarli darajada pasaytirildi hamda “O‘zbekiston pochtasi” OAJ davriy nashrlarni viloyat markazlarigacha yetkazib berish tariflari o‘tgan yil miqdorida saqlab qolinib, Kompaniya imkoniyatlaridan kelib chiqib ba’zi nashrlarga, xususan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega davriy nashrlarning obuna narxlarini pasaytirishga erishildi.
2014 yil obuna kataloglari shakllantirilganda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar uchun nashrlarga imtiyozlar qo‘llanildi.
“Matbuot tarqatuvchi” AK va “O‘zbekiston pochtasi” OAJ larning viloyat va tumanlardagi barcha bo‘linmalari, shuningdek, barcha aloqa bo‘limlari hamda matbuot do‘konlari obuna uyushtirish hujjatlari bilan ta’minlangan holda obuna ishlari olib borilmoqda.
Kompaniyaning www.akmt.uz veb-saytidan foydalangan holda davriy nashrlarga internet orqali obuna qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan va bu xizmat turi yanada rivojlantirilmoqda. Ushbu saytda Kompaniya aholi va tashkilotlar uchun Obuna katalogining elektron ko‘rinishini joylashtirgan. 
Obuna to‘lovlarini plastik kartochkalar orqali qabul qilishni tashkillashtirish, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya shaxobchalarida terminallar soni 273 taga ko‘paytirildi. Shu bilan birga VEB SUM, INTERNET BANKING va KLIK to‘lov tizimlari orqali obuna uyushtirishga va hisob-kitob ishlarini amalga oshirishga imkoniyat yaratilgan.
Kompaniyaning chakana savdo tizimida o‘tgan yillar davomida 134 turdagi kitob mahsulotlari savdoga chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 1400 ga yaqin xar xil turdagi kitob mahsulotlari tarmoq kiosklari orqali sotuvga qo‘yilgan.
Matbuot do‘konlari sotuvchilarini qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida har yili “Davriy matbuotning eng yaxshi sotuvchisi” ko‘rik-tanlovini ham tashkil etib kelmoqda. 

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni