Saytning eski versiyasi !

Navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tadi

26 September 2016 Chop etish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining navbatdagi hay'at majlisi 30 sentabr kuni vazirlik binosi (Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy)da soat 15:00 da bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

Mazkur hay'at yig'ilishida:

1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni rivojlantirish va joriy etish holatini baholash natijalari hamda hududiy manzilli loyihalar ijrosi holati to‘g‘risida;

2. Sohada ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati ustidan o‘rnatilgan nazorat mexanizmi samaradorligining tahlili to‘g‘risida;

3. “2015-2018 yillarda “Matbuot tarqatuvchi” AK vaqtli nashrlarni tarqatish tarmog‘ini rivojlantirish Dasturi”ning bajarilishi to‘g‘risida;

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2042-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida ma'lumot beriladi.

Xohlovchilar ushbu hay'at majlisida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni