Saytning eski versiyasi !

Axborot xizmati




19

Mobil aloqa va internet xizmatlari sifati yanada oshadi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni, davlat byudjetiga tushumlar bo‘yicha 3,6 foizni tashkil qiladi.

14

Har bir hudud raqamli televideniye bilan qamrab olinadi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va -kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i  Sirojiddin USMONOV bilan mamlakatimizda aynan raqamli televideniyeni rivojlantirish istiqbollari xususidagi suhbat.

09

«Elektron hukumat» — xalq bilan muloqotning zamonaviy mexanizmi

“Elektron hukumat” atamasini an’anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur tizim mamlakat miqyosida ma’muriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.

03

Har bir murojaat e’tiborda

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida aholi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha media-tur tashkil etildi. 




22

Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 2016-yil 22-noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

20

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish yo‘lida

Poytaxtimizda «bulutli» texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ushbu texnologiyalarni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari va ularning axborot texnologiyalari sohasiga ta’siri muhokama qilindi. 

11

The Financial Times: Elektron hukumat - kelajakda O’zbekistonning jadal rivojlanishini harakatlantiradigan kuchdir

Britaniyaning nufuzli The Financial Times gazetasida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda uni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etilishi mavzusiga bag’ishlangan “O’zbekiston: elektron hukumat ishonchli demokratiyaning chuqurlashuvi va davlatning shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi” sarlavhali maqola chop etildi.


10

Axborot xavfsizligi bozori kengaymoqda

Poytaxtimizda axborot xavfsizligi, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini o‘zgartirish masalalari va axborot xavfsizligi bozori yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “IDC IT Security and Datacenter Transformation Roadshow – 2016” an’anaviy xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

13

Interaktiv xizmatlar: qulay va ishonchli

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi doirasida Jizzax viloyatidagi davlat va jamoat tashkilotlari veb-saytlarida ham interaktiv xizmatlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
29

Yangi korxonalar ishga tushirildi

Prezidentimizning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandan buyon hududda tashkil etilgan korxonalar soni 14 taga yetdi. Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida bu yerda yana 4 yangi korxona ish boshladi.

17

Islom Karimov Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Xon Yun Sukni qabul qildi.
20

Huawei будет поддерживать одаренных студентов IUT

Университет Инха в г. Ташкенте и компания Huawei 20 июля 2016 года подписали меморандум о взаимопонимании. Документ направлен на поддержку одаренной молодежи Узбекистана и способствованию развития сферы ИКТ в Узбекистане.

19

Студенты IUT выиграли призовые места в ярмарке мобильных приложений

Студенты Университета Инха в г. Ташкенте (IUT) выиграли первое и второе места в узбекско-корейской ярмарке дизайна в номинации по разработке мобильных приложений для платформы Android.

11

Final ishtirokchilari aniqlandi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida axborot xavfsizligi bo‘yicha «Cyber security challenge Uzberkistan» yoshlar tanlovi yarim final bosqichining yakuni sarhisob qilindi. 

01

Yangi milliy ijtimoiy tarmoq

Aloqa tarixi muzeyida yangi davra.uz milliy ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

20

Yangi innovatsiyalar talabalar muhokamasida

Toshkent shahridagi Inha universitetida axborot tizimlari va dasturlar ishlab chiqish, yoshlarning AKT sohasidagi innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

20

“Elektron hukumat” tizimi takomillashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda "Elektron hukumat”ni joriy etishning huquqiy asoslari" mavzuida davra suhbati o‘tkazdi. 

12

Qulay va zamonaviy

Namanganda davlat hokimiyati organlarida ochiq ma’lumotlar portalini yaratish va undan samarali foydalanish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

04

Mamlakatimiz mobil ilovalari istiqboli

Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari, mobil operatorlar, mobil ilova yaratuvchilar va jurnalistlar ishtirok etdi. 

03

my.gov.uz – adolat ko‘zgusi

Bu fikrlar my.gov.uz, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan, uning xizmatlaridan minnnatdor bo‘layotgan yurtdoshlarimizning fikrlari. Ushbu portal fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan qabul qilish va tegishli organlarga yetkazishda muhim vositaga aylandi. 

01

Mutaxassislar tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta’lim sifatini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalar, tarmoqda amalga oshirilayotgan loyihalarga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi. 

10

my.gov.uz – adolat ko‘zgusi

“Tezkor javob uchun minnatdorlik bildiraman. Onlayn-xizmat a’lo darajada ishlamoqda”, “Sifat, tezlik va aniqlikka qoyil qolish kerak...”
05

Elektron hukumat: qulay va tezkor

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish va elektron hukumat sohasini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 




18

Yoshlar uchun barcha sharoit yaratilmoqda

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2016-yilning sentabr oyidan yangi yo‘nalish – logistika fakulteti ish boshlaydi.

24

Юқори технологиялар тараққиётга элтади

Toshkentda “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. 

27

Pochta xizmati takomillashmoqda

Milliy matbuot markazida «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

06

Madaniy meros obyektlari – milliy saytlarda

Mamlakatimizda axborot uzatishning milliy tizimi va qulay axborot makonini shakllantirish, zamonaviy, ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar bazasini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar axborot xizmatlari bozorini rivojlantirish, milliy ma’lumotlar bazasi yordamida xalqaro axborot tarmoqlariga kirib borishda muhim ahamiyat kasb etayotir. 

24

Yuksak texnologiyalar universiteti

Prezidentimiz bundan rosa bir yil avval – 24 martda Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkan edi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanayotgan ushbu oliy o‘quv yurti mamlakatimizda tashkil qilingan yettinchi xalqaro oliy ta’lim muassasasidir. 

24

Raqamli platformaga ko‘chayotgan demokratiya (ICTNEWS, 2015 yil, 2-son)

Jamiyatda inson haq-huquqlari, tenglik tamoyillari o‘rnatilgani sayin davlat rivojida hukumat va aholi hamkorligi mustahkamlanib borgan. Hamkorlikning darajasi o‘zaro axborot-ma’lumot almashish imkoniyatlari bilan o‘lchanadi. Axborot yoki ma’lumot birinchi navbatda hayotimizga ta’sir qiluvchi bilim degani. Shuning uchun ham davlat faoliyatiga oid barcha ma’lumotlar aholi turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ma’lumotlarning cheklanmagan miqdorda taqdim etilishi xalqqa uning ichidan kerakli bilimlarni ajratib olish va jarayonlarga nisbatan munosabatini shakllantirish, ijtimoiy hayotga kirishish imkonini bergan. 

06

MY.GOV.UZ: muammolarga vaqt to‘siq bo‘lolmaydi

Biror zarur ma’lumot olish, bizni qiziqtirayotgan yoki qiynayotgan savollarga javob topish maqsadida turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga, davlat idoralariga yo‘l olamiz. Tabiiyki, bu yerda aksariyat vaqtimiz navbat kutish yoki qog‘oz to‘ldirish bilan o‘tadi. Bugungi tezkor zamonda esa vaqtning har lahzasi bebaho.

19

Katta hayotga yo‘llanma

Bugun kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadga erishishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan korxona va tashkilotlar bilan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani yaxshi samara bermoqda. Bu borada Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji muayyan tajribaga ega. 

11

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish — ustuvor yo‘nalish

Davlatimiz rahbarining 2015 yil 4 fevraldagi Farmoniga muvofiq, hukumat tarkibida yangi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etilishi davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatning turli sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

30

Elektron murojaat: tezkor, qulay va samarali

Murojaat etish huquqi fuqarolarning eng muhim huquqlaridan bo‘lib, u inson huquqlari ta’minlanishi va samarali himoya qilinishining asosiy omillaridan biridir. Shu bois milliy qonunchiligimizda fuqarolar murojaatlari masalasiga alohida o‘rin berilgan.

22

Azmu shijoatli yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir

Istiqlol yillarida mamlakatimizda ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgardi. Beqiyos g‘amxo‘rlik tufayli yoshlarimizning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda.





26

Taraqqiyotning zaruriy sharti

Hayot charxpalagi aylanib, 2014 yil ham tarix zarvaraqlariga bitilmoqda. Tugayotgan yil aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida sezilarli iz qoldirdi. Ma’lumki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish – istalgan davlat taraqqiyotining zaruriy sharti hasoblanadi. Bozor iqtisodiyoti va demokratik islohotlar yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida erishilgan yutuqlar, natijalarga bugun barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. 2014 yil – nafaqat AKT sohasi, balki shu yo‘nalishda mehnat qilayotgan har bir inson hayotida yodda qolarli voqealarga boy bo‘lgani, shubhasiz.
11

Provayderlar uchun internet xizmatlari tarifi yanada arzonlashdi

“O‘zbektelekom” AK tomonidan joriy yil mobaynida provayderlar uchun tashqi internet kanali xizmatlari tarifi bir necha marotaba kamaytirildi. 


09

Soliq hisobotlari to‘liq elektron tizimga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4609-son Farmon va joriy yilning 15 apreldagi «Tadbirkorlik faoliya­tini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘­risida»gi PQ-2164-son qarori mana shu islohotlarning uzviy davomi bo‘ldi.

19

Kalev Truusalu: “Elektron hukumat” tizimini samarali joriy qilishning bosh omili – bu hukumatning qo‘llab-quvvatlashidir”

Estoniya “e-hukumat” tizimi garchi BMT ning mamlakatlarda “e-hukumat”ni joriy qilinishi bo‘yicha reytingida yetakchi “uchlik”ka kirmagan bo‘lsa ham, uning yutug‘i “O‘n yillikning eng yaxshi “e-hukumat” tarkibi” deb e’lon qilingan. Jamiyatni axborotlashtirish sohasida Estoniya Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida yetakchilik qilib kelmoqda. Bu tajribalar yurtimizda ham keng o‘rganilmoqda. Xususan, AKT sohasida nufuzli tadbir “AKT sammit-2014”da Estoniyaning AKT xizmatlarini ko‘rsatuvchi Andmevara Ltd kompaniyasi rahbari Kalev Truusalu ham ishtirok etmoqda. Fursatdan foydalanib, biz janob Kalevni suhbatga tortdik. Hozir mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

19

Richard Kerbi: “Elektron hukumat” tizimini yaratishda “katta sakrash” siyosati o‘zini oqlamaydi

Qizg‘in muhokamalar, savol-javoblar jarayonida faol ishtirok etayotgan janob Kerbiga ICTNEWS jurnali uchun maxsus intervyu uyushtirish istagi bilan murojaat qilganimizda mehmon bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi. Richard Kerbining bizga ajratgan 10 daqiqadan unumli foydalanish maqsadida BMT ekspertiga “e-hukumat” tizimini yaratish, afzalliklari va ushbu yo‘nalishga doir xalqaro jarayonga oid savollar bilan murojaat qildik.

18

Taraqqiyotning muhim bo‘g‘ini

Poytaxtimizda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari – ITPA-2014” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

04

ICTNEWS jurnalining yangi soni nashrdan chiqdi

Jurnalning mazkur 9-soni O‘zbekistonda internet jurnalistikasining rivojlanishi, soliq hamda sug‘urta qilish tizimlarida interaktiv xizmatlarning joriy qilinishi kabi dolzarb mavzularni qamrab olgan. 


24

Axborot texnologiyalari namoyishi

Urganch shahrida “IctExpo – 2014” an’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.



24

Taraqqiyotning muhim omili

Poytaxtimizdagi «Ko‘rgazma savdo markazi» majmuida “InfoCOM – 2014” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida «ICT-Expo – 2014» axborot texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. 

24

Axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi

Sirdaryoda “IctExpo – 2014” an’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

23

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti

“InfoCOM – 2014” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi ushbu sammit mamlakatimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan biridir. 

22

Internet-festival yakunlari sarhisob qilindi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UZ milliy domeni internet-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda internet tarmog‘ida UZ domeni saytlarining ko‘payishi va o‘zbek tilidagi segmentni rivojlantirish mamlakatimiz axborot sohasida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yorqin samarasi ekani ta’kidlandi.

22

Dasturiy ta’minot sanoati salohiyatining namoyishi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “InfoCOM – 2014” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining dastlabki tadbirlari – O‘zbekiston dasturchilari forumi va “BestSoft Uzbekistan – 2014” milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. 

20

Chet tillarni interfaol o‘rganish – davr talabi

Inson hayoti va faoliyatining turli jabhalarida, jumladan, chet tillarni o‘rganishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayni paytda «ZiyoNET» milliy jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tillarni interfaol o‘rganishning xilma-xil shakl va vositalarini taqdim etmoqda.

20

Iqtisodiy taraqqiyotimizning muhim omili

Prezidentimiz rahnamoligida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Namangan filiali ham viloyatda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. 

17

Internet festivali boshlandi

Mamlakatimizda UZ milliy domenining navbatdagi internet festivali boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “UZINFOCOM” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi va “InfoCOM.UZ” jurnali tomonidan tashkil etilgan.

03

Yagona portal: natija va istiqbollar

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan ushbu mavzuda matbuot anjumani tashkil etildi. 

17

Hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari

Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.


13

TATU Qarshi filialida “Eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ta’minot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamkorligida Viloyatda “Eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ta’minot” ko‘rik-tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

10

Tinchlik va ahillik – mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
24

ICTNEWS jurnalining 2014 yil 2-soni nashrdan chiqdi

Mazkur sonda Elektron hukumat markazi direktori bilan intervyu, soliq organlarida AKTning joriy qilinishi va boshqa bir qator muhim AKT yangiliklarni o‘qishingiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi “Elektron hukumat” markazi direktori Sherzod Habibullayev suhbatda mamlakatimizda joriy qilinayotgan elektron hukumat tizimi va istiqboldagi vazifalar xususida to‘xtalib o‘tgan. 

23

Bilimli va zukko yoshlar

Kecha Aloqa tarixi muzeyida Toshkent shahrida Inha universiteti faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Janubiy Koreyaning Inha universiteti ma’muriyati hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda AKT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, talaba-yoshlar qatnashdi.

22

INHA universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi

Aloqa tarixi muzeyida Toshkent shahrida Inha universitetini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Janubiy Koreyaning Inha universiteti vakillari yangi universitet faoliyati haqida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berishdi.

22

Toshkent shahridagi Inxa universiteti birinchi talabalarni qabul qiladi

Toshkentda mamlakatimizda Inxa universitetining o‘quv faoliyati tashkil qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Koreya Respublikasining Inxa universiteti ma’muriyati hamkorligida tashkil qilindi.

18

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

2014-yil 18-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokamasiga va shu yil 17-yanvarda respublika Hukumatining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini amalga oshirishni baholashga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.


17

“Elektron hukumat”: qulay va xavfsiz

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanmoqda.
16

Ilm-fan kelajagi yoshlar qo‘lida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida qirqdan ziyod yangi dasturiy mahsulot, loyiha va qurilmalarni taqdim etadi.
11

Interaktiv davlat xizmatlari rivojlanmoqda

2013-yil 1-iyuldan ishga tushirilgan my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorligining qulay, samarali vositasiga aylandi.
11

Interaktiv davlat xizmatlari rivojlanmoqda

Davlatimiz rahbarining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qilayotir.

10

Elektron tijoratning huquqiy asoslari takomillashmoqda

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan elektron tijoratning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

01

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati o'rganildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati — davlat organlari tomonidan aholi murojaatlariga munosabat holati, joriy qilinayotgan interaktiv xizmatlar tahlili, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish borasidagi chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
01

Innovatsion texnologiyalar asosida

Namangan sanoat kasb-hunar kollejida metallarga ishlov berish mexanigi kasbi bo‘yicha o‘quv amaliyotini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

24

Biznes endi internet orqali ro‘yxatga olinadi

 Tadbirkor bo‘lishni istaysizmi? O‘z uyingizda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz va faoliyat boshlashingiz mumkin.

19

Elektron hukumat: qulay, tezkor, ishonchli

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi zamonaviy tarmoqning xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

10

Axborot texnologiyalari sanoati rivojlanmoqda

Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoati innovatsion iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Bugungi kunda mamlakatimizda yaratilayotgan dasturiy ta’minot mahsulotlari jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan bemalol raqobatlasha oladi.

16

Axborot xavfsizligi ta’minlanmoqda

Prezidentimiz rahnamoligida aloqa va axborotlashtirish sohasini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholiga axborot resurslari, jumladan, internet tarmog‘idan foydalanish uchun yanada qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

15

Xizmat sifati yuksalmoqda

Prezidentimiz rahnamoligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aloqa sohasi xizmatini xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Andijon viloyatida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yuksaltirish va yanada takomillashtirish yuzasidan muayyan yutuqlarga erishilmoqda.

15

Yaponiya delegatsiyasi O‘zbekistonda

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirining o‘rinbosari, Parlamentning vakillar palatasi deputati Yoko Kamikava xonim rahbarligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi Xurshid Mirzohidov bilan uchrashdi.




28

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatni modernizatsiya qilishning muhim omiliga aylanmoqda

Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilish, “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

25

ZiyoNET portaliga yana 4 ta yangi qiziqarli o‘yinlar qo‘shildi

ZiyoNET tarmog‘i o‘quvchilar va ularning ota-onalarini xursand qilish maqsadida Cron Forge kompaniyasi bilan xamkorlik qilishni davom ettirmoqda. Taxminan bir oy oldin biz sizlarni yangi o‘yinlar taqdim etib xursand qilgan edik, oz fursat o‘tmay yana 4 ta yangi qiziqarli o‘yinlar sizga taqdim etishdan xursandmiz.

19

Telekommunikatsiya xizmati rivojlanmoqda

Namanganda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

11

Telekommunikatsiya xizmatlari rivojlanmoqda

Prezidentimiz Islom Karimovning zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish borasidagi qarorlari asosida amalga oshirilayotgan izchil ishlar o‘z samarasini berayotir. Mazkur yo‘nalishda Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali boshlig‘ining o‘rinbosari Jumaqul Abdullayev O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi.

04

Axborot texnologiyalari va yoshlar

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega.

01

AKT – taraqqiyot omili

Jizzax viloyatidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida 175 E-XAT yagona himoyalangan elektron pochtasi va 2 ming 500 “e-Hujjat” elektron hujjat aylanish tizimi joriy qilindi. Bu tizimda ishlash bo‘yicha shahar va tuman hokimliklari ijroiya idoralari uchun ish joyidan ajralmagan holda foydalanish imkoniyati yaratildi.

24

Milliy dasturchilar uchun keng imkoniyat

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 20 sentyabrda qabul qilingan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida dasturiy ta’minot vositalarini respublikamizda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etishga ko‘maklashishga doir muhim vazifalar belgilangan.

23

Elektromagnit moslashuv va xavfsizlik

Poytaxtimizda “Elektromagnit moslashuv va xavfsizlik” mavzusida respublika ilmiy-texnik seminari bo‘lib o‘tdi.

30

AKT ni rivojlantirishning qonunchilik asoslari

Toshkentda “InfoCOM – 2013” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayonlarini qonuniy tartibga solish masalalari» mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

30

“Infocom – 2013” haftaligi nihoyasiga yetdi

Toshkentda an’anaviy “InfoCOM – 2013” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yakunlandi.

Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi hamda “CIB GROUP” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

26

Yuqori texnologiyalar xalqaro ko'rgazmasi

Poytaxtimizdagi “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuida “InfoCOM – 2013” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “ICT-Expo – 2013” axborot texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.

24

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti

“InfoCOM – 2013” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy voqealaridan biri bo‘lgan ushbu an’anaviy tadbir mamlakatimizda sohada izchil amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.

24

AKT sammiti: ilg‘or texnologiyalar taraqqiyot xizmatida



Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda respublikamizda “InfoCom-2013” — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) haftaligi davom etmoqda. Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida ushbu haftalik doirasida AKT bo‘yicha o‘n birinchi milliy sammiti bo‘lib o‘tdi.

23

AKT haftaligi: islohotlarning yuksak samarasi

Toshkentda an’anaviy “InfoCOM – 2013” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi.

23

UZ milliy domeni internet-festivali g‘oliblari taqdirlandi

“InfoCOM-2013” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining birinchi kunida UZ milliy domeni internet-festivali yakunlari sarhisob qilindi.

23

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mamlakat ravnaqida muhim ahamiyatga ega

Ta’kidlash joizki, yurtimizda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yuksak darajada qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Prezidentimizning joriy yil 27 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2013 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlari taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.

23

Jizzaxda AKT haftaligi

An’anaviy “InfoCom – 2013” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Jizzaxda teleinternet konferensiyasi hamda muloqot va dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridan kelgan aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari mutaxassislari, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.

20

Axborot texnologiyalari - yoshlarga



“InfoCom – 2013” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi arafasida 20 sentabrda Jizzaxda “Axborot texnologiyalari – yoshlarga” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.


05

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: Qulay, tezkor, zamonaviy

Mustaqillikning ilk yillaridayoq Prezidentimiz tomonidan uzoqni o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” hayotga tatbiq etildiki, shuning asnosida AKTni zamon talablari asosida isloh qilish, qayta shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir keng qamrovli dastur yaratildi. Jumladan, mulkiy munosabatlar erkinlashtirildi, xizmatlar bozori kuchaytirildi, eng muhimi, tarmoqda respublikada tarkib topayotgan bozor munosabatlari talablariga mos oqilona boshqaruv tizimi paydo bo‘ldi. Pirovardida jabhada yangi chashmalar ko‘z ochdi.

21

Eng muhimi – sifat



Prezidentimiz rahnamoligida aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

20

O‘zbekiston televideniyesi: kecha, bugun va ertangi kun


Bugungi kunda televideniye axborot uzatish bo‘yicha eng ommaviy axborot vositalaridan biridir. Yer yuzidagi milliardlab odamlar har kuni so‘nggi voqea-hodisalardan xabardor bo‘lish, yoqtirgan ko‘rsatuv va filmlaridan bahra olish uchun televizor tomosha qiladi.

02

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlari

Bugungi kunda ko‘plab vazirlik va idoralar, turli hukumat tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari yagona Milliy axborot tizimining bir qismiga aylanmoqda.

29

AKT va yoshlar ma’naviyati

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgani mamlakatimizni jahon axborot makoniga integratsiyalashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

26

AKT: yana bir ulkan imkoniyat

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

25

Zamonaviy texnologiyalar buyuk maqsadlarga xizmat qilmoqda

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili sifatida rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

23

Mijozlarga zamonaviy qulayliklar

Namangan viloyatida avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari xizmatidan foydalanuvchi mijozlar uchun zamonaviy qulayliklar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, ayni kunlarda mavjud abonentlarni NGN (next generation network) texnologiyasi asosidagi zamonaviy aloqa tarmoqlariga ulash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

05

AKT - har bir maktabda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimediyali umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi sayt” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

12

Axborot xavfsizligining ishonchli himoyasi

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani, jamiyat hayotining barcha jabhasiga yanada integratsiyalashuvi axborot xavfsizligini ta’minlash, foydalanuvchilarni kiber-tahdidlardan himoya qilishga qodir tizimni yaratishni taqozo etmoqda.

15

Asosiy e’tibor – “elektron hukumat”ga

“O‘zekspomarkaz”da har yili o‘tkazib kelinayotgan dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi va mamlakatimiz dasturchilari forumi ish boshladi.

30

EHA - ish tizimining zamonaviy usuli

O'tgan yili Markaziy bankka kelgan va jo'natilgan jami xat va ma'lumotlarning qariyb 70 foizi elektron ko'rinishda qayta ishlandi.

19

AKT – bojxonachilar xizmatida

Bojxona xizmati O‘zbekistonning iqtisodiy suvereniteti himoyasini ta’minlaydigan muhim davlat instituti hisoblanadi. Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, demak, uning kelajagi bojxona nazorati qanchalik samarali ta’minlanayotgani, tovar ayirboshlash qanday tartibga solinayotgani va ichki bozor qanday himoya etilayotganiga bog‘liqdir.

29

Avtotransport sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan qanday foydalanilmoqda?


Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi mutaxassislari shu va boshqa savollarga javob qaytardi.

27

Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish –zamon talabi

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Shamsiddin Toshtemirov zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi

14

Dasturiy mahsulotlar bozori kengaymoqda


Bugungi iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlari ishlab chiqarilayotgan har qanday mahsulotning sifati va samaradorligiga erishish borasida o‘z talablarini qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari va tashkilotlarda hujjat aylanishini avtomatlashtirish hamda tizimlashtirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, belgilangan vazifalarni bajarishni tezlashtirish imkonini beradigan IT-texnologiyalar ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.




21

Tadbirkorlar uchun internet resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston Biznes-forumi (2-bosqich)” loyihasi bilan hamkorlikda ushbu mavzuga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni