Saytning eski versiyasi !

Vazirlikda raqamli soha istiqboli uchun zarur kasbiy ko'nikma va salohiyat muhokama qilindi

08 June 2017 Chop etish

IMG_4704.JPG

2017 yilning 7 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida "AKT sohasida HR: raqamli soha yetakchilarining salohiyati va kasbiy istiqboli" mavzuida ochiq seminar tashkil etildi. Unda tizimdagi muassasalarning 40 dan oshiq rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etdilar.

Axborot texnologiyalarning jadal rivoji, korporativ boshqaruv tizimlarining raqamli platformalarga ko'chayotgani, jarayonlarning avtomatlashuvi o'z navbatida xodimlarni ham bu jarayonga tayyorlashni taqozo qilmoqda. Bunda esa inson omili bilan yaqindan ishlaydigan HR menejer va rahbarlarning o'rni yuqori.

Seminar davomida yangicha korporativ boshqaruv tizimlari va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashda boshqaruv madaniyati, inson omili bilan ishlashda yangicha yondashuvlar, xodimlarni rag'batlantirish va ilg'or g'oyalarni ilgari surish uchun zarur kasbiy muhitni yaratish kabi zamonaviy qarashlar muhokama qilindi, bu borada tushunchalar berilib, misollar keltirildi.

UZINFOCOM STUDY o'quv markazi hamda Smart Staff Solutions kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan seminar ikki tomonlama muloqot shaklida o'tdi: ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savolalr yuzasidan ma'lumotlar oldilar.
Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni