Saytning eski versiyasi !

TATU talabasi «IT-PLANETA 2016/17» olimpiadasi g'olibi bo'ldi

08 June 2017 Chop etish

tuit1_07_06_2017.jpg

«IT-Planeta 2016/17» xalqaro olimpiadasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun har yili tashkil etiladigan ta’lim loyihasi hisoblanib, Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarida AKT sohasida ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Har yili ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan 15 ming nafar yoshlar ro'yxatdan o'tib, 350 nafar ishtirokchi finalga yetib keladi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti“Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti talabasi Muyassarov Feruz Norpulatovich O’zbekiston Respublikasidan ishtirokchi sifatida qatnashdi va eng yuqori natija qayd etgan «5 talik»likda 4-o’rinni qo’lga kiritdi.

Feruz 1994 yil Navoiy shahrida tug’ilgan. Telekommunikatsiya fakultetida eng faol talaba va iste’dodli yoshlardan biri hisoblanib, o’z ustida doimiy yangi izlanishlar olib boradi. Tarmoq texnologiyalari va ma’lumot uzatish tarmoqlari bo’yicha bilimlarni olishga bo’lgan qiziqishi yuqoriligi sababli Cisco sertifikatlarini qo’lga kiritgan.

Bu kabi iste'dodli kabi talabalar kelajakda respublikamizda axborot kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashda, barpo etishda va boshqarishda o’z bilimlari va tajribalari asosida o’z hissasini qo’shadi.

Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni