Saytning eski versiyasi !

TATU abituriyentlarga bilimlarini sinovdan o'tkazish imkonini beradi

06 June 2017 Chop etish

592fe31232df7.jpg

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti abituriyentlarga 1 avgustda o'tkaziladigan test imtihonlariga kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘z tayyorgarligi va bilim darajasini tekshirish imkoniyatini beradi. 

Abituriyentlar 2017 yil 15 iyundan 15 iyulga qadar o'zlari xohlagan fanlar bo'yicha imtihon topshirishlari mumkin.

Imtihonlar universitetning «D» blokida joylashgan Javoharlal Neru nomli Axborot texnologiyalari O‘zbek-Hind markazida tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbir TATU abituriyentlar test sinovlarga tayyorgarlik darajasini va o‘z imkoniyatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga test sinovlar o‘tkazish jarayoniga moslashish va tayyorgarlikni kuchaytirish imkoniyatini beradi.
Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni