Saytning eski versiyasi !

Vazirlik IT-sohasining bo’lajak liderlarini chorlaydi

05 April 2017 Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi hamda Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining AKT bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarining rahbar lavozimlariga zahira kadrlarni shakllantirish maqsadida, AKT yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassis kadrlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Ushbu ma’lumotlar bazasiga qo‘shilish istagida bo‘lgan barchadan o‘zlarining obyektivka-ma’lumotnomalarini va oxirgi uch yillik faoliyatlari ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotni (ma'lumotnoma namunasi) Vazirlikning Kadrlar bo‘limiga quyidagi manzil yoki elektron pochta orqali yuborishlarini so’raymiz: Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy. Elektron pochta: HR@mitc.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: 2384116, 2384143, 2384312.

Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni