Saytning eski versiyasi !

Endi yo'lovchilar bojxona deklaratsiyasini onlayn to'ldirishlari mumkin

30 December 2016 Chop etish

Yagona portalda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi bilan birgalikda “Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasini to’ldirish va yuborish” yangi interaktiv xizmati yo’lga qoyildi. Xizmat O’zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o’tayotgan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.
Yagona portal orqali elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi.
Arizachi olingan shaklni identifikatsion kod bilan birgalikda A-5 formatidagi qog'ozga printerdan chiqaradi. Bojxona postida ro'yxatdan o'tayotganida bojxona xizmati xodimlariga identifikatsion kod bilan birgalikda qog'ozga chiqarilgan deklaratsiyani taqdim etadi.
Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni