Saytning eski versiyasi !

Ishonch telefoni

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi foydalanuvchilari, hurmatli iste’molchilar diqqatiga!

Iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, sohada mavjud muammolarni tezkorlik bilan oldini olish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 237-01-11 raqamli “Ishonch telefoni”, shuningdek aholiga qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ham “Ishonch telefonlari” tashkil qilingan. Soha iste’molchilari shanba va yakshanbadan tashqari barcha kunlar quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.

1Qoraqalpog’iston Respublikasi361224-01-11
2Andijon viloyati374228-01-11
3Buxoro viloyati365223-01-11
4Jizzax viloyati372226-01-11
5Qashqadaryo viloyati375221-01-11
6Navoiy viloyati436224-01-11
7Namangan viloyati369226-01-11
8Samarqand viloyati366235-01-11
9Sirdaryo viloyati367240-01-11
10Surxondaryo viloyati376227-01-11
11Toshkent viloyati371235-01-11
12Farg’ona viloyati373223-01-11
13Xorazm viloyati362226-01-11
14Toshkent shahri371236-01-11
Murojaat yo’llashdan oldin unutmang, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:

Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

Fuqaro o‘z murojaatini – ariza, taklif yoki shikoyatni vakolatli davlat organiga shaxsan yoki aloqa vositasi orqali taqdim qilish huquqiga ega. Murojaat qilayotgan shaxs voyaga yetmagan yoxud layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, murojaat tegishli tartibda, qonunchilikka muvofiq ularning vakili tomonidan taqdim qilinishi mumkin.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo’yicha davlat Inspeksiyasining “Ishonch telefoni”ga murojaat etish tartibi bo‘yicha
YO‘RIQNOMA (Yuklab olish: PDF 168 КБ)
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni