Saytning eski versiyasi !

ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i

Loyiha to’g’risida

ZiyoNET milliy ijtimoiy-ta’lim axborot tarmog’i O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2005 yil 28 sentyabrdagi "O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-191-son Qaroriga muvofiq tashkil etildi.

ZiyoNET tarmog’ining asosiy maqsadi respublikadagi o’quvchilar va yoshlar uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng kompleksini ta’lim tizimiga joriy qilinishiga ko’mak berish hisoblanadi.

ZiyoNET portali

ZiyoNET axborot ta’lim tarmog’ining portali o’z ichiga yoshlar, o’qituvchilar, shuningdek aholining boshqa qatlamlari uchun barcha kerakli axborotni oladi hamda qiziqtiruvchi axborotni olish, AT sohasidagi zamonaviy ko’nikmalarga aralashtirish, muloqot qilish va tajriba almashish uchun zarur bo’lgan qulay vositalar kompleksidan iborat.

Foydalanuvchilar

ID.UZ tizimida ro’yxatga olingan foydalanuvchilarga, ZiyoNet portali o’z imkoniyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha sharoitlarni taqdim etadi, xususan:

1. axborot-ta’lim resurslarini ZiyoNET portalining kutubxonasiga joylashtirish;

2. «zn.uz» darajasidagi 3-domenda satellit-saytlarni yaratish;

3. ZiyoNET portalining boshqa yopiq bo’limlaridan foydalana olishga ega bo’lish;

4. ZiyoNET tarmog’ining RTS turli konkurslarida ishtirok etish.

ZiyoNet tarmog’iga ulanish

Hukumat qarorlariga ko’ra, barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET yagona axborot ta’lim tarmog’iga birlashtirilishi kerak.

ZiyoNET tarmog’ining resurslaridan foydalana olish Ta’lim muassasalarini ulash bo’yicha konkursda g’olib bo’lgan provayderlar tarmog’ining kompleksi vositasida ta’minlanadi.

Bugungi kunda maktablar, kollejlar, litseylar, muzeylar, «Kamolot» YoIH filiallarini ulash ishi bilan «Ist Telekom» MCHJ, qishloqda joylashgan maktablarni ulash ishlari bilan «RWC» QK va i «O’zbektelekom» AK filiali UzNET  shug’ullanadi.

Ta’lim muassasalarini ulash va moliyalashtirish bo’yicha javobgar vazirliklar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, «Kamolot» MK hisoblanadi.

ZiyoNET tarmog’ining resurs markazi Konkurs komissiyasining Ishchi organi sifatida konkurs va ulanish jarayonining monitoringini tashkil qilish bo’yicha barcha zarur tadbirlarni amalga oshiradi.

Ta’lim muassasalarining ulanishi bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha mas’ul vazirliklar va idoralarga, ZiyoNET tarmog’ining provayderlariga murojaat qilishingizni so’raymiz, shuningdek siz forumda o’z savolingizni berishingiz mumkin.

ZiyoNet ta’lim tarmog’iga ulanadigan ob’ekt konkursda g’olib bo’lgan provayderdan quyidagi bepul xizmatlarni oladi:

·128 kbit/sek. dan kam bo’lmagan tezlikda Internet tarmog’ining o’zbek segmentidan  cheklanmagan foydalana olish (TAS-IX);

·tashqi Internet trafigining muayyan limiti (trafik limitidan tashqari tashqi Internetdan foydalanish ulanish ob’ekti tomonidan mustaqil to’lanadi);

·qo’shimcha xizmatlar.


Версия для печати
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni