Saytning eski versiyasi !

Axborot-kutubxona faoliyati

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida»gi PQ-381-son qaroriga asosan viloyat universal ilmiy kutubxonalar asosida o'sib kelayotgan avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan printsip jihatdan yangi axborot markazlarini yaratish, madaniy, ma'naviy-ahloqiy boyliklarni saqlash, aholini yanada kengroq axborot bilan ta'minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ixtiyoridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi idorasidan uzatish bilan axborot-kutubxona markazlari yaratildi.


Axborot-kutubxona markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006 yil 21 avgustda 178-son qaror qabul qilindi, unda tashkiliy tuzilmani belgilash tartibi bilan bir qatorda Markaz vazifalari ko'rsatildi.


Ushbu qarorga muvofiq:

Axborot resurslaridan foydalanish qulayligini taqsimlash va ta'minlashda yagona axborot-kutubxona siyosatini amalga oshirish uchun kutubxona tizimini integratsiya qilish maqsadida respublika kutubxona tizimi struktura jihatidan qaytadan tashkil etildi;


Viloyat ilmiy-universal kutubxonalar, shuningdek Toshkent markaziy shahar kutubxonasi bazasida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi tasarrufidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 ta axborot-kutubxona markazi yaratildi. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Idoralararo kengash yaratildi, uning tarkibiga ixtiyorida respublika axborot-kutubxona muassasalari bo'lgan turli idoralarning rahbarlari kiradi.


Idoralararo kengashda respublika axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh ish olib boradi.


Ko'pgina AKMda axborot texnologiyalarini joriy etish, AKATni o'zlashtirish boshlandi, adabiyotlarga ishlov berishning ba'zi jarayonlari avtomatlashtirildi, elektron katalog ko'rinishida, bibliografik bazada, kitob nashrlari uchun 45. 536 ta bibliografik yozuvlar uchun elektron resurslar yaratildi. Bundan tashqari, davr taqozosiga ko'ra ko'pgina AKMda bo'yicha turli yo'nalishlardagi (huquqiy, ishga oid, Internet, o'quv markazlari va sh.k.) axborot markazlari ochildi.


Qaror chiqishi bilan AKMning yangi ustavlari, ularning namunaviy shtatlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi, hisob raqamlari ochildi va ular mahalliy hokimiyat organlarida ro'yxatga olindi.

Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni