Saytning eski versiyasi !

Telekommunikatsiya tuzilmasi

Telekommunikatsiya tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari

Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin.

Mamlakatda ma’lumotlar olish va tarqatishning raqamli bazasi asosiga telekommunikatsiya tizimini yaratish va takomillashtirish, telekommunikatsiyalar va ma’lumot uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish, davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish, 2010 yilgacha bo‘lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, raqamli kommutatsiya texnologiyalarini, yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini yurgizish, barqaror va samarali telekommunikatsiya sektorini yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalariga telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yilning 6 iyunida qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №200 – sonli qarori qabul qilingan.

O‘tgan o‘n yildan ziyod vaqt ichida telekommunikatsiya sohasiga doir 2,5 mlrd. AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lgan 40 ortiq loyihalar amalga oshirilishi, pirovard natijada mamlakatdagi barcha shaharlararo va xalqaro telefon aloqa stansiyalarini raqamlashtirishga erishildi va ular zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha markaziy shaharlardagi shaharlararo avtomatlashtirilgan analogli telefon stansiyalari raqamli formatga o‘tkazildi.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri 28 yo‘nalishdagi xalqaro kanallar orqali dunyoning 180 mamlakatiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Magistral, zonaichi va mahalliy tarmoqlarni zaxiralash va kengaytirish, shuningdek abonent tarmoqlarini FTTx arxitekturasi asosida modernizatsiya qilish maqsadida optik aloqa liniyalari qurildi. Keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida, bir vaqtning o‘zida keng polosali ulanishlarni amalga oshirish imkoniga ega qurilma o‘rnatildi.

Ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash maqsadida 2013 yilda quvvati 4 Gbit/s ma’lumotni saqlash va qayta ishlash imkoniga ega Keshlash markazi o‘rnatildi va ishga tushirildi. Keshlash samaradorligi 35% - 42% tashkil etadi va hozirgi kunda umumiy internet kanalni 500 Mbit/s gacha tejash imkonini bermoqda.

Mamlakatda 2004 yildan boshlab xDSL texnologiyasi, 2009 yildan boshlab FTTx texnologiyasi asosida keng polosali internet xizmatlarini joriy qilish boshlangan.

Texnologik rivojlanish

Telekommunikatsiya taraqqiyoti sohaga oid xalqaro ilg‘or texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va ularni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Telekommunikatsiya tarmog‘ining barcha segmentlarini IP platformaga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali sohada samaradorlik va barqarorlikka erishish ko‘zda tutilgan.

Texnologik strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Xalqaro, zona ichi, shaharlararo tarmoqlar uchun zarur samardorlik va tamroqlarni kengaytirish(keng miqyosda hajm, portlar, o‘tkazish imkoniyatlarni kengytirish)ga erishish;

- Tarmoqlar bilan ishlashda xalqaro talablarga mos yuqori darajali sifatga erishish;

- Yuqori darajadagi axborot xavfsizligini ta’minlash.

Aloqa xizmatlari

Zona ichi, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari

Hududlar miqyosida telefon aloqasi xizmatlari

Telefon aloqasi kodlari: O‘zbekistonXalqaromobil aloqa

Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yagona oyna” markazlari manzillari

Favqulotda va ma’lumot xizmatlari telefon raqamlar faoliyatini xalqaro talablar asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida 2012 yilning 5 aprelidan boshlab Toshkent shahrida mazkur xizmatlarga quyidagi raqamlar orqali ulanish imkoniyati yaratildi:

Yong‘in xavfsizligi xizmati - “101”;

Militsiya - “102”;

Tez tibbiy yordam - “103”;

Gaz xizmati - “104”;

Qutqaruv xizmati - “1050”;

Boshqa xizmatlar - “10xx”.

Ma’lumot uchun 200-31-31 telefon raqamiga murojaat qiling. 


Версия для печати
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni