Saytning eski versiyasi !

Texnik tartibga solish sohasida Ekspert kengashi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasida Ekspert kengashining asosiy vazifasi umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, va yoki texnik reglamentlarga qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek, ko‘rsatilgan reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni tizimning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi

Inson hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi, atrof muhit muhofaza qilinishi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalaridir.

Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari:

«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan:

- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi;

- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomi.

Texnik reglamentlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidaga binoan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

vakolatli organlar tomonidan tashkil etiladigan ekspert komissiyalarining xulosalariga asosan tasdiqlanadi.


Версия для печати
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni