Saytning eski versiyasi !

Shermatov Sherzod Xotamovich

Shermatov Sherzod Xotamovich

Shermatov Sherzod Xotamovich

1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Millati — o‘zbek.

Ma’lumoti — oliy. 1998 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2000 yilda Yelskiy universitet (AQSh)ni tamomlagan.

2000 - 2001 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi yetakchi, bosh iqtisodchisi.

2001 - 2002 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi Hududiy va sohaviy dasturlarni rivojlantirish bo‘limining Hududiy va mikroiqtisodiy dasturlarni rivojlantirish sektori yetakchi mutaxassisi.

2002-2004 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) Kompleksi Sekretariatining axborot kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxassis.

2004-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning "Raqamli rivojlanish tashabbusi" qo‘shma loyihasi rahbari.

2005 - 2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning "AKT siyosati" qo‘shma loyihasi rahbari.

2005 - 2008 yy. - Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasida AKT yechimlar va ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha maslahatchi, AKT bo‘yicha menejer, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi faoliyatini samarali boshqarish bo‘limi boshlig‘i.

2008-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti AKTni rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash sektori mudiri.

2010 - 2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha Tashkiliy-nazorat xizmati yetakchi inspektori.

2011-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Kadrlarni hisobga olish, tayyorlash va qayta tayyorlash sektori Tashkiliy-nazorat xizmati yetakchi inspektori.

2011-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Kadrlarni hisobga olish, tayyorlash va qayta tayyorlash sektori Tashkiliy-nazorat xizmati bosh inspektori.

2012 – 2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

2014 - 2016 yy. – Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori.

2016 yil noyabr oyidan 2017 yil fevral oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari.

2017 yil fevral oyidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi.

Sh.X. Shermatov oilali, 4 nafar farzandi bor.



Majburiyatlar: 

Respublikada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga umumiy rahbarlik qiladi hamda belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga mas’ul hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga asoslanib ishni amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (bundan buyon - Vazirlik) to‘g‘risidagi nizomning bajarilishini tashkil qiladi;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi, kadrlarni tayyorlash va innovatsion faoliyat sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshkarishni tashkil etadi;

sohada yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasini hisobga olgan holda zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks milliy dasturlarni ishlab chiqishni hamda uning amalga oshirilishini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari integratsiyasini ta’minlash maqsadida milliy axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yagona texnik siyosatni belgilashni tashkil etadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;

soha faoliyati masalalari bo‘yicha, shu jumladan radiochastota spektridan foydalanish hamda Vazirlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni va o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkil etadi;

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi tarkibiga kiruvchi radiochastota organlari va davlat organlari bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, radiomonitoring, dasturiy mahsulotlarning texnik vositalarini rivojlantirish uchun investitsiya siyosatining ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalarining jalb etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq sohada boshkaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

tizimdagi davlat korxonalari, tashkilot va muassasalar ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda qaror qabul qiladi, rahbarlarni lavozimga o‘rnatilgan tartibda tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ularni tayyorlash ishlarini nazorat kiladi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik manfaatlarini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida belgilangan tartibda xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni tuzadi hamda radiochastota spektridan foydalanish yo‘nalishidagi hujjatlarni imzolashni Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiradi;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar hukumatlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi uchun ajratiladigan grantlaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

aloqa, kompyuter va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari faoliyatini o‘quv-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini soha korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni bilan o‘zaro integratsiyasini muvofiqlashtiradi;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining metodik va moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga Vazirlikning stipendiyalarini belgilaydi;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida kadrlarni tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi, qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishni muvofiqlashtiradi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va maxalliy davlat hokimiyati organlari, iktisodiyotning yetakchi tarmoqlari hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish choralarini ko‘radi;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida innovatsion faoliyatning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

byudjet mablag‘laridan ta’minlanuvchi o‘quv muassasalar va maxsus korxonalarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanishini tashkil etadi;

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, Internet tarmog‘i milliy makonini tartibga solish va boshkarish, radiochastota spektridan foydalanishni, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikning amalga oshirilishini tashkil etadi;

Axborot-kommunikatsiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashi raisi, Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi;

Vazirlikning Ilmiy-texnik Kengashi, Mukofotlash bo‘yicha komissiya, O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati, Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi Vasiylik Kengashi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Vasiylik Kengashi, “O‘zbektelekom” AK va AT “Aloqabank” Kuzatuv Kengashlari raisi hisoblanadi;

Vazirlikning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi, Xalqaro aloqalar bo‘limi, Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi, Kadrlar bo‘limi, Yuridik va normativ-huquqiy masalalar bo‘yicha bo‘lim, Axborot xizmati, Buxgalteriya va Ishlar boshkarmasi faoliyatini nazorat kiladi;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini nazorat qiladi;

“InfoCOM.UZ” jurnali va “Xabar” gazetasi tahrir hay’ati ishida qatnashadi;

sohaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun shaxsan mas’ul hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va hududiy boshqarmalaridagi, tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalar va jamiyatlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ishlarning holati uchun javobgar hisoblanadi;

sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat kiladi va sudlarda ishtirok etish uchun vakillarga ishonchnomalarni imzolaydi.


Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni