Saytning eski versiyasi !

Hay’at

Hay’atning asosiy vazivalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirishning, ilmiy-texnik yutuqlaridan keng miqyosida foydalanishning, idoralararo va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘yicha, shuningdek Vazirlikning eng muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalari hamda boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vaqtida, jamoa bo‘lib, malakali va haqqoniy ko‘rib chiqishdan hamda konstruktiv yechimlar qabul qilishdan iborat.

Hay’at o‘z qarorlari bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi davlat va boshqa tashkilotlar jamoalarini sohadagi o‘zgarishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni metodologik amalga oshirishga, korxonalar faoliyatida samaradorlik va sifatning ilog‘or darajalariga erishish maqsadida bozor munosabatlarini va bu bilan bog‘liq ishlashning yangi turlari va shakllarini joriy qilishga yo‘naltiradi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining reglamenti (pdf, 113 kbayt)

Hay'at raisi:

Shermatov Sherzod Xotamovich

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi.

Hay'at a'zolari: 

A'lamov Umidjon Baxtiyarovich

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari  

Djurayev Ibrohim Djurayevich 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari  

Bahromjon Adxamovich Olmatov

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari

Umarxodjayev Farhod Tilyamuratovich 

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi boshlig'i 

 O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining 2016 yilning II yarim yilligi uchun ish rejasi

т/р

Kun tartibi

O’tkazilish manzili

Iyul *

1

2016 yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan Hay’atning kengaytirilgan majlisi

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruq va farmoyishlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar;

2) Investitsiya dasturining bajarilishi;

3) eksport ko‘rsatkichi bajarilishi;

4) kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik;

5) sohada ijro intizomi, sifat masalalari va b.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi,  Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

1.2

Andijon viloyatida hamda Toshkent shahrida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisoboti

Avgust (26.08.)

1

2016 yilning birinchi yarim yilligida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvining ijrosi to‘g‘risida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi,  Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

2

Vazirlikning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona tashkilotlarning mazkur hududdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida

 

3

TATUda ta’lim sifatini oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari to‘g‘risida

4

Ta’lim muassasalarini ZiyoNET ta’lim hamda “Elektron ta’lim” tarmog‘iga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur tarmoqlardan foydalanish tahlili haqida

Sentabr (30.09.)

1

Mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni rivojlantirish va joriy etish holatini baholash natijalari hamda hududiy manzilli loyihalar ijrosi holati to‘g‘risida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi,  Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

2

Sohada ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati ustidan o‘rnatilgan nazorat mexanizmi samaradorligining tahlili to‘g‘risida

3

“2015-2018 yillarda “Matbuot tarqatuvchi” AK vaqtli nashrlarni tarqatish tarmog‘ini rivojlantirish Dasturi”ning bajarilishi to‘g‘risida

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2042-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida

Oktabr *

1

2016 yilning to‘qqiz oy yakunlariga bag‘ishlangan Hay’atning kengaytirilgan majlisi

 

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruq va farmoyishlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar;

2) eksport ko‘rsatkichi bajarilishi;

3) kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik;

4) sohada ijro intizomi, sifat masalalari va b.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi,  Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

1.1

2015-2016 yy.da axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihalari amalga oshirish holati haqida

Noyabr (25.11.)

1

Vazirlikning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona tashkilotlarning mazkur hududdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi,  Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

2

“Elektron hukumat” tizimining “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi loyihasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida

3

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida idoraichi elektron hujjat almashinuvini joriy etish va uni idoralararo elektron hujjat almashinuvi tizimiga integratsiya qilish holati haqida

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi PQ-2313-son qarori bilan ma’qullangan “2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi”ning bajarilishi to‘g‘risida

Dekabr (23.12.)

1

Vazirlikning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona tashkilotlarning mazkur hududdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida

 

 

 

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi,  Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

2

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 184-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida

3

Ta’lim va ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirish to‘g‘risida

4

“2020 yilgacha pochta xavfsizligini mustahkamlash dasturi” ning bajarilishi to‘g‘risida

 Izoh: * O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlislaridan so‘ng o‘n kun ichida.


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Hay’atining 2016 yil I yarim yilligi uchun ish rejasi

 

Kun tartibi

O‘tkazilish manzili

 

20 yanvar

1.      2015 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarning bajarilishi to‘g‘risida.

“O‘zbektelekom” AK binosi.

Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 28”a”-uy.

 

26  fevral

1.  Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati va ushbu masalada Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili to‘g‘risida.

2.  Soha korxonalari tomonidan 2014-2016 yilga tasdiqlangan Tarmoq kelishuvini 2015 yilda bajarish yakunlari to‘g‘risida.

3.  Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarda

biznes va marketing strategiyalarini rivojlantirish

to‘g‘risida.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi.

Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

25 mart

1. Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarning mazkur viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini tanqidiy o‘rganish natijalarining muhokamasi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 fevraldagi “Milliy mobil aloqa operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2126-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 321-son qarorining bajarilishi hamda sohada nomenklatura lavozimlariga shakllantirilgan zaxira tarkibi tahlili haqida.
4. Tizimdagi korxona va tashkilotlarda innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi.

Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

Aprel (aniq kuni alohida belgilanadi)

 

1. 2016 yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan Hay’atning kengaytirilgan majlisi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruq va farmoyishlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar.
3. eksport ko‘rsatkichi bajarilishi.
4. sohada ijro intizomi va sifat masalalari va b.
5. Soha korxonalari tasarrufidagi bolalar dam olish oromgohlarini 2016 yil yoz mavsumiga sifatli tayyorlash, xodimlarning farzandlarini sog‘lomlashtirish va dam oldirilishini tashkil etish to‘g‘risida.

Manzili alohida belgilanadi

 

27 Маy

 

1.      Hukumatning 2015 yil 17 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 365-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati haqida.

2.      O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda analog teleuzatkichlarni bosqichma-bosqich o‘chirishga tayyorgarlik ko‘rish holati to‘g‘risida.

3.      O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi.

Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

24 Iyun

1.    Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarning mazkur hududdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini tanqidiy o‘rganish natijalarining muhokamasi.

2.    Internet tarmog‘ining milliy segmentini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar to‘g‘risida.

3.    Pochta aloqasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosi.

Toshkent sh., Amir Temur xiyoboni, 4-uy.

 

 Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida namunaviy nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 22 dekabrda 2742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)


Версия для печати
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni