Saytning eski versiyasi !

Ma'lumot olish uchun so'rov

Hurmatli foydalanuvchi, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga oid axborotni olish bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin. Vazirlikka murojaat yuborishdan oldin Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumot olishga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga oid axborot olish bo‘yicha murojaat yuborish 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov axborotdan foydalanuvchining Vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida Vazirlikka yoki uning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shaklidagi, shu bilan birga elektron hujjat shaklidagi talabi asosida taqdim qilinadi.

So‘rovni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi
Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uzog‘i bilan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi uzog‘i bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. 

Agar axborotdan foydalanuvchining so‘rovini ko‘rib chiqish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatlariga kirmasa, so‘rov so‘ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga kiritilgan organga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdan foydalanuvchi esa bu haqda xabardor qilinadi. 

Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborot so‘ralganda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi so‘rovga beriladigan javobda so‘ralayotgan axborot e’lon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so‘ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzilini ko‘rsatgan holda havola beriladi.

Agar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi olingan so‘rov bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari vakolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishli javob yuboradi. 

So‘rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

So‘rovga qo‘yiladigan talablar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yo‘llangan jismoniy shaxsning so‘rovida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va so‘rovning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxsning so‘rovida yuridik shaxsning to‘liq firma nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, so‘rovning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yozma so‘rovlar axborotdan foydalanuvchining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. So‘rovni shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, u qo‘shimcha ravishda tuzuvchining ham familiyasi, ismi, otasining ismi qo‘yilgan holda uning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rov anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

So‘rov unda qo‘yilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim etish vakolatiga kiradigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.

Belgilangan tartibda yuborilgan so‘rov ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyati to‘g‘risida foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborotga taalluqli ma’lumotlar ro‘yxati. (Word, 15 KБ)


Vazirlik manzili:
Toshkent, 100047, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4 

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobus: № 38,51,58,67,71,85 
Tel.: (998 71) 238-4107, faks (998 71) 239-8782 

Devonxona: (998 71) 238-4159 
Elektron pochta: info@mitc.uz

Ma'lumot olish uchun so'rov yuborish tartibini yuklab olish (Word 16,1 КБ). 


Версия для печати
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni